O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 30 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 30 mingdan oshdi

2020 yil 9 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30197 (+279) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda. 

Yangi kasallanish holatlari:

  • Toshkent shahri - 142;
  • Toshkent viloyati - 133;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 4 nafar qayd etilgan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.Ya. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 21316 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8691 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.