Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6200 dan oshdi
21.06.2020 12:08,  
312

2020 yil 21 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6216 (+63) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi. 

 Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

 Ayni paytda yurtimizda 4290 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

 Hozirda mamlakatimizda 1907 nafar bemorga davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан