Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 23 nafarga yetdi
19.03.2020 10:22,  
1423

Fransiyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning yana 3 nafar qarindoshida ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Shuningdek, shu yilning 15 mart kuni Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar va joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys bilan kelgan yana bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Har besh nafar fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 23 nafarga yetdi. 

Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан