Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 29 ming kishidan, tuzalganlar esa 20 ming kishidan oshdi
7.08.2020 17:11,  
300

2020 yil 7 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 057 (+248) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 197 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 15 nafari Xorazm viloyatida hamda 13 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyati Qibray tumanida yashagan 69 yoshli S.B. (erkak) hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 71 yoshli N.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 286 nafar, Toshkent viloyatida 164 nafar, Andijon viloyatida 20 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, jami 472 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 20 059 (+472) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 817 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан