Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 33 821 nafarga yetdi
14.08.2020 17:53,  
316

2020 yil 14 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 821 (+260) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 127 nafari Toshkent viloyatida, 105 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Xorazm viloyatida, 8 nafari Andijon viloyatida, 3 nafardan Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida hamda 2 nafari  Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 72 yoshli A.Ya. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 36 yoshli F.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 346 nafar, Toshkent viloyatida 256 nafar, Andijon viloyatida 10 nafar, jami 612 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 27 825 (+612) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 82 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 5 776 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан