Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 35 702 nafarga yetdi
17.08.2020 17:10,  
275

2020 yil 17 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 702 (+189) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 184 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari esa Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 25 yoshli M.R. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar yurtimizda 31 384 (+411) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 87 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 4 082 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан