Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 37 ming nafarga yaqinlashdi
19.08.2020 17:04,  
249

2020 yil 19 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 968 (+208) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 204 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Andijon tumanida yashagan, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida davolangan 48 yoshli M.X. (erkak) hamda Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 83 yoshli L.B. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar yurtimizda 32 557 (+334) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 88 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizning 14 hududidagi davolash muassasalarida 4 164 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан