Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 38 412 nafarga yetdi
22.08.2020 17:28,  
324

2020 yil 22 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 412 (+181) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 169 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida va yana 1 nafari Jizzax viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, poytaxtda davolangan buxorolik 65 yoshli K.K. (erkak), Zangiota tumanidagi ko‘p tarmoqdi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan farg‘onalik 59 yoshli F.T. (ayol), poytaxtlik 29 yoshli B.L. (erkak), jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 228 nafar, Toshkent viloyatida 98 nafar, Samarqand viloyatida 26 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 4 nafar, jami 362 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, yurtimizda sog‘ayganlar soni 34 351 nafar (89 foiz)ga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 3 796 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан