Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 39 964 nafarga yetdi
26.08.2020 17:08,  
234

Bugun, 26 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 964 (+174) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 164 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Samarqand shahrida yashagan 38 yoshli X.Q. (erkak) hamda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan 58 yoshli Eron Islom Respublikasi fuqarosi B.S. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Namangan, Surxondaryo, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 419 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, yurtimizda 36 402 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (91 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 271 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан