Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 44 557 nafarga yetdi
9.09.2020 10:04,  
214

2020 yil 9 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 557 (+139) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 91 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 11 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Farg‘ona viloyatida, yana 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 83 yoshli M.M. (ayol) hamda Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli E.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 41 898 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 297 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 402 nafari og‘ir, 226 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан