Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 47 836 nafarga yetdi
14.09.2020 17:30,  
262

2020 yil 14 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 836 (+216) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 192 nafari Toshkent shahrida, 17 nafari Andijon viloyatida, 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yakkasaroy tumanida yashagan 70 yoshli R.G. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 56 yoshli M.A. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 171 nafar, Toshkent viloyatida 104 nafar, Samarqand viloyatida 75 nafar, Andijon viloyatida 8 nafar, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatilarida 6 nafardan, Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 44 375 (+373) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 065 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан