Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 48 429 nafarga yetdi
15.09.2020 18:22,  
250

2020 yil 15 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 429 (+237) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 197 nafari Toshkent shahrida, 24 nafari Toshkent viloyatida hamda 16 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida yashagan 70 yoshli M.E. (ayol) hamda 66 yoshli T.X. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 198 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 53 nafar, Namangan viloyatida 23 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 44 942 (+416) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 085 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан