Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 49 627 nafarga yetdi
17.09.2020 18:15,  
174

2020 yil 17 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 627 (+242) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 188 nafari Toshkent shahrida, 41 nafari Namangan viloyatida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida hamda 6 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida yashagan 59 yoshli E.N. (erkak) hamda poytaxtlik 69 yoshli B.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 342 nafar, Toshkent viloyatida 71 nafar, Namangan viloyatida 50 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar, Surxondaryo viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 45 970 (+496) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 244 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан