Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 49 ming kishidan oshdi
17.09.2020 10:09,  
240

2020 yil 17 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 385 (+223) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent shahrida, 53 nafari Namangan viloyatida, 14 nafari Andijon viloyatida, 11 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 64 yoshli K.E. (erkak) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 56 yoshli G.Sh. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 45 474 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 500 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан