Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 52 685 nafarga yetdi
22.09.2020 18:12,  
250

2020 yil 22 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 685 (+194) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 167 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Namangan viloyatida hamda 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 213 nafar, Toshkent viloyatida 84 nafar, Namangan viloyatida ham 84 nafar, Samarqand viloyatida 25 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 49 067 (+461) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 176 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан