Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 52 ming nafardan oshib ketdi
21.09.2020 17:28,  
216

2020 yil 21 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 070 (+281) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 235 nafari Toshkent shahrida, 24 nafari Namangan viloyatida, 12 nafari Jizzax viloyatida hamda 10 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, poytaxtlik 62 yoshli X.Sh. (erkak) va 31 yoshli S.B. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 159 nafar, Toshkent viloyatida 130 nafar, Namangan viloyatida 85 nafar, Jizzax viloyatida 30 nafar, Andijon viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 48 369 (+437) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 264 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан