Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus rasman qayd etilganlar soni 16 ming kishidan oshdi
18.07.2020 17:07,  
388

2020 yil 18 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16068 (+172) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 60 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 87 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafardan Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6984 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан