Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar 11 kishiga yetdi
17.03.2020 16:43,  
622

Avval xabar qilganimizdek, bugun 17 mart kuni AOKAʼda koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan onlayn matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Matbuot anjumani UZREPORT TV telekanali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Tadbirda Xalq ta’limi vazirligi Sherzod Shermatov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov va Respublika Bosh sanitar vrachi Bahrom Almatovlar ishtirok etmoqda.

Tadbirda Respublika Bosh sanitar vrachi Bahrom Almatov karantin davrida vrach va hamshiralarga qo‘shimcha haq to‘lanishi masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

“Koronavirusga chalingan odam yana qayta chalinishi hali tasdiqlanmagan. Lekin kasallikka chalinib sog‘aygan odamning o‘pkasida uning asorati qoladi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 11 nafarga yetdi. Bemor Dubaydan kelgan” – dedi Respublika Bosh sanitar vrachi Bahrom Almatov.

“Karantinda davrida faqatgina karantinga olingan fuqarolarga haq to‘lanadi. Boshqa holatda xodimlarga (majburiy karantinga olinmagan, o‘z xohshi bilan ishga bormay yurganlarga) haq to‘lanmaydi. Viloyatda ham chet elda bo‘lib qaytgan 1 bemor koronavirus yuqtirgani uchun karantinga olingan va viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasida davolanmoqda”– dedi Bahrom Almatov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан