Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 24304 kishiga yetdi. 700 ga yaqin bemorlar og‘ir ahvolda
1.08.2020 10:05,  
267

2020 yil 1 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24304 (+295) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 191 nafari Toshkent shahrida, 53 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Farg‘ona viloyatida hamda 4 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 14464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9697 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 594 nafari og‘ir, 197 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан