Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 31 ming kishidan oshib ketdi
10.08.2020 17:03,  
834

2020 yil 10 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 068 (+248) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent viloyatida, 106 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Jizzax viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 63 yoshli D.S. (erkak) hamda Qibray tumanida yashagan 80 yoshli X.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar yurtimizda 22 559 (+517) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 311 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан