O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 42 998 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 42 998 nafarga yetdi

2020 yil 4 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 998 (+95) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 65 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 8 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Navoiy viloyatida hamda 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 52 yoshli T.X. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 42 yoshli B.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 89 nafar, Toshkent viloyatida 81 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Namangan viloyatida 12 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 40 392 (+216) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 268 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.