Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni birdan oshdi. Bu yangi shtamm bilan bog‘liq emasmi?
12.02.2021 09:02,  
3211
 
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni birdan ko‘paydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra 2021 yil 9 fevral kuni 33 kishida infeksiya tasdiqlangan. Yangi kasallanish holatlarining Andijon (1 nafar), Xorazm (1 nafar), Toshkent (4 nafar) viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida (27 nafar) aniqlangan. SSV ma’lumotiga ko‘ra, kasallik koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

2021 yil 10 fevral kuni esa yana 66 kishida kasallik aniqlangan. Yangi kasallanish holatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (1 nafar), Andijon (1 nafar) Buxoro (1 nafar), Jizzax (2 nafar), Namangan (2 nafar), Toshkent (3 nafar), Farg‘ona (4 nafar), Samarqand (10 nafar) viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida (42 nafar) qayd etilgan. Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 622 nafarga etdi.

Yangi holatlarning nega bunday birdan ko‘payishiga vazirlik tomonidan izoh berilmagan.

Ma’lumki, shu yilning 30 yanvar kuni «Covid-19»ning «britancha shtamm»i yurtimizda ham ilk bor qayd etilgan edi. Ushbu mutatsiya avvalgilariga qaraganda yuqumli hisoblanadi. Virus 2010 yilda tug‘ilgan poytaxtlik fuqaro Sh. oila a’zolari bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga safar qilib, 2021 yilning 23 yanvar kuni Toshkentga qaytib kelgan o‘smir qizda aniqlangan.

O‘shanda bemorning umumiy holati qoniqarliligi, shikoyatlari yo‘qligi, tegishli tibbiy standartlar bo‘yicha davo muolajalarini olayotgani ma’lum qilingandi. Keyinchalik bu bemor haqida boshqa ma’lumot berilmadi.

Shu tariqa ayni paytda O‘zbekistonda «Covid-19» rasman qayd etilganlar soni 79 303 kishini tashkil etmoqda. Ushbu bemorlardan 77 726 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

SSV ma’lumotiga ko‘ra, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 955 nafar bemordan 153 nafari og‘ir, 29 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан