Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan 9-bemor vafot etdi
29.04.2020 23:37,  
744

1959 yilda tug‘ilgan poytaxtlik   G. shu yilning 15 aprel kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga  bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) bilan yotqizilgan.

O‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda  “Covid-19” koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. Shundan so‘ng,  unga ixtisoslashgan tibbiy yordam berish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko‘p tarmoqli klinikasiga  og‘ir holatda o‘tkazilgan. 

Bemorda bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kabi qator xastaliklar bo‘lganligi sababli davolanish og‘ir kechib, 14 kun sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan. Bundan avval , ya’ni 2-fevralida u ilk  bor  bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi ( insult)  tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga  yotqizilgan va davolanib chiqqan.

61 yoshli ushbu bemor  davolanish davomida   kunlik ahvoli video muloqotlar orqali xorijlik va  mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari  nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam  konsiliumlar o‘tkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan  vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан