Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan butkul sog‘ayganlar 238 nafarga yetdi 
20.04.2020 14:14,  
343

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan yana 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning barchasi joriy yil 25 mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joylashtirilgan. Ulardan 10 nafari erkak, 1 nafari ayol. Bemorlarning 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan, Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 57 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 68 nafarga yetdi.

Avvalroq, Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 2 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aygan edi. 

Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytgacha 11 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 13 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 238 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан