O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatildi

O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatildi

2021 yil 8 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84529 (+207) nafarni tashkil etmoqda. SSV xabariga ko‘ra, koronavirus qayd etilish ko‘rsatkichlari yil boshidan beri ilk marta 200 nafardan oshdi.      

Yangi kasallanish holatlarining:

- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

- 1 nafari Andijon viloyatida,

- 3 nafari Buxoro viloyatida,

- 1 nafari Navoiy viloyatida,

- 3 nafari Namangan viloyatida,

- 18 nafari Samarqand viloyatida,

- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,

- 3 nafari Surxondaryo viloyatida,

- 2 nafari Farg‘ona viloyatida,  

- 3 nafari Xorazm viloyatida,

- 29 nafari Toshkent viloyatida,

- 139 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,

- Buxoro viloyatida 6 nafar,

- Jizzax viloyatida 1 nafar,

- Namangan viloyatida 5 nafar,

- Farg‘ona viloyatida 2 nafar,

- Toshkent viloyatida 22 nafar,

- Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82415 (+181) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1480 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.