Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan o‘limlar statistikasi e’lon qilindi
6.09.2020 21:55,  
2021

Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 6 sentyabr holatiga ko‘ra, “COVID-19” infeksiyasidan vafot etgan 345 nafar bemorning 132 nafarini ayollar, 213 nafarini erkaklar tashkil etgan.

O‘limning yosh toifasiga ko‘ra, 6 nafar bemor 30 yoshgacha, 26 nafar 30-40 yosh oralig‘ida, 45 nafar 40-50 yosh oralig‘ida, 99 nafar 50-60 yosh oralig‘ida, 106 nafar 60-70 yosh, 63 nafar 70 yoshdan katta bemorlar tashkil etgan.

O‘lim sababiga ko‘ra, vafot etganlarning 264 nafarida o‘tkir yurak qon-tomir, nafas yetishmovchiligi, 10 nafarida o‘tkir respirator distress sindrom, 8 nafarida tromboemboliya, 4 nafarida o‘tkir miokard infarkti va boshqalar qayd etilgan.

“COVID-19” infeksiyasidan vafot etgan bemorlarda kasallikning kechishi tahlil qilinganda, aksariyat bemorlarda giperkoagulyasiya – organizmdagi barcha tomirlarda qonning quyulib ketishi kuzatilib, uning asorati bemor a’zolarida tromboz, infarkt, insult kabi asoratlarga olib kelgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан