Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab yana 17 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
15.05.2020 19:08,  
199

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (6 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 1 nafardan esa Payariq va Ishtixon tumanlaridan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 129 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 144 nafarga yetdi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning biri (35 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan, ikkinchisi esa (36 yoshli erkak) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ikkisi ham karantinga olingan va koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 110 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 112 nafarga yetdi hamda ushbu hududda hozirda 8 nafar bemor davolanmoqda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2158 nafarni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан