Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 10 ming nafardan, davolanayotgan bemorlar esa 8600 kishidan oshdi
23.07.2020 17:05,  
251

2020 yil 23 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 703 (+172) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Surxondaryo viloyatida, 65 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda qolgan 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 48 nafar, Navoiy viloyatida 27 nafar, Sirdaryo viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar hamda Jizzax viloyatida ham 7 nafar, jami 130 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 10 002 (+130) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 601 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан