Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 1500 kishidan oshib ketdi
5.05.2020 18:41,  
645

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Farg‘ona viloyatda bir yo‘la 47 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 11 nafari Rossiyada bo‘lib qaytgan, yana 11 nafari esa Turkiyadan charter reysida Farg‘onaga olib kelingan va karantinga olingan. Yana 1 nafar fuqaro Qirg‘iziston Respublikasidan kirib kelgan. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 24 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 36 nafari Farg‘ona viloyatidan, 6 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, Navoiy, Samarqand viloyatlari va qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan 1 nafardan bemor butunlay sog‘aygan. Ularning 31 nafari erkak, 16 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 86 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshli bola.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 96 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1501 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан