Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 2000 nafarga yaqinlashdi
11.05.2020 16:09,  
234

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Toshkent shahridagi davolash muassasalarida 36 nafar hamda Sirdaryo viloyatida 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Poytaxtimizda tuzalganlarning 26 nafari Toshkent shahridan, 4 nafari Farg‘ona viloyatidan, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 26 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. 7 nafari Rossiyadan, 3 nafari esa Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 28 nafari erkak, 8 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi 2019 yilda tug‘ilgan.

Sirdaryo viloyatida tuzalgan 40 yoshli erkak Yangiyer shahridan bo‘lib, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 13 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 14 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 101 nafar bemor butunlay tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1982 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан