Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 2700 kishiga yaqinlashdi
28.05.2020 19:28,  
159

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, ayni soatlarda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijonda tuzalganlarning barchasi Andijon shahridan bo‘lib, 2 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 36 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan chaqaloq. Viloyatda ayni paytga qadar 169 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular soni 174 nafarga yetdi.

Samarqandda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Pastdarg‘om, Ishtixon, Oqdaryo tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari erkak, 2 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 46 yoshda, yoshi kichigi 36 yoshda. Viloyatda ayni paytga qadar 254 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 258 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 26 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2694 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан