Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 2900 kishidan ortib ketdi
2.06.2020 16:40,  
123

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Navoiy viloyatida 42 nafar, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, jami 49 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Jumladan, Navoiyda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (35 nafari Zarafshon shahridan, 4 nafari Xatirchi tumanidan, 2 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari esa Uchquduq tumanidan) bo‘lib, 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 64 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq. Endilikda mazkur viloyatda sog‘ayganlar 54 nafarga yetdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 54 yoshda, yoshi kichigi 31 yoshda. Ularning 3 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (63 yoshli erkak) poytaxtimizdan, yana 1 nafari (33 yoshli erkak) Qozog‘iston Respublikasidan.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 2908 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан