Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3500 kishidan oshdi
10.06.2020 17:25,  
152

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bugun Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 15 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 29 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi 25 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahri va viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatidan 1 nafardan bo‘lsa, 3 nafari Farg‘ona va Namangan viloyatidan, 2 nafardan Samarqand va Andijon viloyatlaridan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda,kichigi esa 28 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 4 nafari Toshkent viloyatidan, 6 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan esa 1 nafardan.

Shuningdek, 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 28 yoshli 1 nafar poytaxtlik ayol shifo topdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3504 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан