Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 617 nafarga yetdi
24.04.2020 20:22,  
310

Bugun Namangan viloyatidan 14 nafar, Andijon viloyatidan 5 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Namanganda sog‘ayganlarning 4 nafari erkak, 10 nafari ayollar bo‘lib, barcha Namangan viloyatidan. Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 5 nafari ham ayollar bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Ikkita viloyatdan jami 19 nafar bemor koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 79 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Shunday qilib, bugun 56 nafar bemor butkul sog‘ayib, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 617 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан