Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 62 kishiga yetdi
13.07.2020 16:49,  
306

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli S.Q.da joriy yil 9 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan.

U, shuningdek, qandli diabet, gipertoniya va jigar sirrozi kasalliklari bilan ham og‘rib kelgan. Shifoxonada bemorning davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 62 kishiga yetdi.

Ushbu virusni jami 13 193 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 7 852 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan. 5279 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda, ulardan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан