Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilindi
31.08.2020 11:27,  
222

Avval xabar qilganimizdek, prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi. 

Majmuadagi ramziy qabr yonida qatag‘on qurbonlari ruhlariga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilindi. Shu yerda nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot bo‘ldi.

Bu insonlar millatimizning eng sara vakillari edi – Shavkat Mirziyoyev SSSR qatag‘oni qurbonlarini yodga oldi (foto)

Shuningdek, koronavirus pandemiyasi yurtimizni ham chetlab o‘tmadi. Afsuski, bu kasallik uch yuzdan ziyod yurtdoshimizning hayotiga zomin bo‘ldi.

Marosimda ushbu insonlar xotirasiga bag‘ishlab ham Qur’on tilovat qilindi. Bemorlarning tezroq sog‘ayishini Allohdan so‘rab, duo o‘qildi.

- O‘z yaqinlaridan judo bo‘lgan barcha oilalarga chuqur hamdardlik bildirib, sabr-toqat tilayman. Davolanayotgan bemorlarimizning dardiga shifo berishini Xudodan so‘raymiz. Olti oydan beri shu balo bilan kurashyapmiz. Bu kasallik yurtimizdan tezroq ketishini so‘rab duo qilamiz, - dedi davlatimiz rahbari. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан