Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chaliganlar soni keskin oshib bormoqda
24.06.2020 10:04,  
785

2020 yil 24 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6755 (+93) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 51 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 37 nafari Toshkent shahrida (shundan 35 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4560 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2176 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 18 nafari og‘ir, 4 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан