Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni o‘sishda davom etmoqda
10.06.2020 17:09,  
1468

2020 yil 10 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4591 (+44) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari  Karantin markazidagi  fuqarolar orasida, Toshkent viloyatida 2 nafar,  Sirdaryo viloyatidan 8 nafar va Xorazm viloyatida 2 nafar, jami 12 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hamda 6 nafar Toshkent shahrida,  3 nafar Sirdaryo viloyatida, 1 nafar Xorazm viloyatida, 2 nafar Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etildi.

Ayni paytda yurtimizda 3504 (+29) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizning to‘qqiz xududidagi  tibbiyot muassasalarida jami 1069 nafar koronavirusga chalingan bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан