Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 21 506 nafarga yetdi. 296 nafar bemorning ahvoli og‘ir
28.07.2020 10:08,  
238

2020 yil 28 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 506 (+297) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 125 nafari Toshkent shahrida (ulardan 72 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan  fuqarolar, 53 nafari esa Qozog‘istondan “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orsida), 68 nafari Toshkent viloyatida, 32 nafari Buxoro viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 18 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Navoiy viloyatida, 10 nafari Farg‘ona viloyatida, 9 nafari Andijon viloyatida hamda 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 710 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан