Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 6400 kishidan oshib ketdi
22.06.2020 17:05,  
273

2020 yil 22 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6401 (+43) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 35 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan bo‘lsa, 1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida va 7 nafari Toshkent  viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlandi.

Bugun ayni shu soatgacha Namangan viloyatidagi  davolash muassasasida 7 nafar bemor sog‘ayib, yurtimizda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4384  nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1998 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан