Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 558 nafarga yetdi
31.07.2020 10:24,  
273

2020 yil 31 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 558 (+287) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 111 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 112 nafari Toshkent viloyatida, 22 nafari Sirdaryo viloyatida, 17 nafari Qashqadaryo viloyatida, 15 nafari Namangan viloyatida hamda 10 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 13 680 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (58 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 741 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 436 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан