Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 25500 dan oshib ketdi
2.08.2020 23:39,  
452

Shu yilning 2 avgust kuni mamlakatimizda 770 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 99 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 671 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga,  Toshkent shahrida 5 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 25 553 nafar bemordan 16 507 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 64 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 893 nafar bemordan 564 nafari og‘ir, 215 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 72 700 nafar, statsionar karantinda esa 20 536 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан