Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3463 nafarga yetdi
29.05.2020 10:04,  
236

2020 yil 29 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3463 (+19) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 2 nafari Sirdaryo viloyatida Qozog‘iston orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. 15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan bo‘lib, shundan 10 nafari Sharjadan, 3 nafari Novosibirskdan charter reys bilan kelgan, qolgan 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan.

Ayni paytda yurtimizda 2694 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 77 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 755 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан