Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 mingga yaqinlashdi
16.08.2020 10:54,  
528

2020 yil 16 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 944 (+243) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda. 

Yangi kasallanish holatlari:

  •  Toshkent shahri - 189;
  • Samarqand viloyati - 41;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 6;
  • Namangan viloyati - 5; 
  • Xorazm viloyatida - 2 nafar bemorda aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. (ayol) hamda Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 30 043 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (86 foiz) sog‘aygan.

 Hozirda mamlakatimizda 4673 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1021 nafari og‘ir, 285 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан