Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 41 ming kishidan oshdi
29.08.2020 17:09,  
348

2020 yil 29 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41067 (+114) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 90 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida, yana 8 nafari Xorazm viloyatida, 4 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda yana 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 79 yoshli J.K. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli M.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 178 nafar, Toshkent viloyatida 103 nafar, Buxoro viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Namangan viloyatida ham 2 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 38250 (+303) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2510 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан