Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43000 nafardan oshdi
5.09.2020 10:10,  
156

2020 yil 5 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43169 (+94) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 59 nafari Toshkent shahrida, 18 nafari Toshkent viloyatida, 7 nafari Andijon viloyatida, yana 7 nafari Namangan viloyatida hamda 3 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 72 yoshli X.S. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli L.Sh. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
Ayni paytda yurtimizda 40432 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatimizda 2396 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 368 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан