Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 44000 nafardan oshdi
8.09.2020 10:13,  
218

2020 yil 8 sentyabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44107 (+132) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 111 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Buxoro viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 1 nafari Surxondaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 72 yoshli I.K. (erkak) hamda Angren shahrida yashagan 56 yoshli R.Ye. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
Ayni paytda yurtimizda 41594 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatimizda 2157 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 430 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан