Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5300 kishidan oshib ketdi
16.06.2020 17:04,  
294

2020 yil 16 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5328 (+35) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 4 nafari esa aholi orasida), 2 nafari esa Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4019 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1290 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан