Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 6500 ga yaqinlashdi
22.06.2020 23:46,  
303

2020 yil 22 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6461 (+60) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 1 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun mamlakatimizda 146 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 136 nafari Karantin muassasalarida, 5 nafari aholi orasida (shundan 4 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari Toshkent viloyatida), qolgan 5 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun 73 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri, Buxoro va Namangan viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6461 nafar bemordan 4450 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1992 nafar bemordan 15 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 35 690 nafar, statsionar karantinda esa 22 614 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан