Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana ortdi
21.06.2020 18:18,  
420

2020 yil 21 iyun soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6272 (+56) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahri (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 10 nafari Samarqand viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 9 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Andijon viloyatida aholi orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

Bugun ayni shu soatgacha poytaxtimizdagi davolash muassasalarida 66 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 87 nafar bemor sog‘ayib, yurtimizda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4377 nafarga yetdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан